Rabanne dunyodagi eng qimmat sumkani namoyish etdi

U 18 karatli oltindan yaratilgan

Fotо: Instagram / Rabanne

Rabanne modalar uyi ko‘rgazma davomida dunyodagi eng qimmat sumkani taqdim etdi. Oltin plastinkalar va brilliantlardan iborat The Handcrafted 1969 Golden Bag "dunyodagi eng qimmat libos", deb eʻtirof etildi. Brend asoschisi Pako Raban uni 1968-yilda frantsuz qo‘shiqchisi va moda ikonasi Fransuaza Ardi sharafiga yaratgan. 

Golden Bag sumkasi Rabanne ustaxonasi ustalari va fransuz zargari Artyus Bertrand tomonidan 18 karatli oltindan tayyorlangan. Modelning narxi 250 ming yevroga baholanmoqda. 

Brend, shuningdek, The Handcrafted 1969 sumkasining muqobil modellari: marmar rang effektlari bilan mashhur Venetsiyaning Venini uyi bilan hamkorlikda yaratilgan muron shishali, shuningdek, Parijdagi Astier de Villatte ustaxonasida ishlab chiqarilgan keramik versiyalarini taqdim etdi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles