Mahatma Gandi

Faylasuf va patsifistning hayot qoidalari

Mahatma Gandhi, 1931

Mahatma Gandini tanishtirishga ehtiyoj yoʻq. Tinchlik va zo‘ravonliksiz hayot falsafasini targ‘ib qiluvchi siyosiy arbob sifatida u 1947-yilda Hindistonni Britaniya hukumati mustamlakasidan ozod qildi. Ko‘plab avlodlar va mamlakatlar ma’naviy yetakchisining tug‘ilgan kunida uning hayotiy maslahatlarini esga olaylik.

Mahatma Gandhi

  • “Jonga-jon” tamoyili butun dunyoni ko‘r qiladi
  •  Kelajakdagi o‘zgarishlarni xohlasangiz, hozirgi o‘zgarishga aylaning
  •   Zaif odam hech qachon kechirmaydi. Kechirish – kuchlilarga xos
  •   Xato qilish erkinligini bermaydigan ozodlik hech narsaga arzimaydi
  • Millatning hayvonlarga boʻlgan munosabatiga qarab uning buyukligi va axloqiy taraqqiyoti haqida xulosa chiqarish mumkin
  • Ruhi tetik va oʻz missiyasiga so‘nmas sodiqlik bilan yashayotgan kichik tana tarixni o’zgartirishi mumkin
  • Muhabbat hech narsani talab qilmaydi – u hamma narsani hadya etadi.  Sevgi hamisha iztirob chekadi – hech qachon e’tiroz bildirmaydi, hech qachon o‘zi uchun qasos olmaydi
  • Yashashning yagona yo‘li – boshqalarga yashashga imkon berish
  • O’zining donishmandligiga mutlaq ishonish donishmandlikdan emas. Shuni yodda tutish kerakki, baʻzan kuchli odam ojizlik qilishi, dono odam esa xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin
  • Nafratni muhabbat bilan, yolgʻonni haqiqat bilan, zo‘ravonlikni bagʻrikenglik bilan yenging
  • Xudoning oʻzi muhabbatdir – bu men to‘liq tan oladigan yagona haqiqat. Sevgi Xudoga teng
  • Haqiqiy go‘zallik qalb pokligidadir
    фото: Handmade Software, Inc.

Gandi haqida ko‘plab filmlar suratga olingan. Ulardan biri “Gandi” hind va ingliz kinematograflari hamkorligida 1982-yilda suratga olingan va 8 ta “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Buyuk ma’naviy rahnamo sharafiga ko‘plab pochta markalari chiqarildi va butun dunyo bo‘ylab yodgorliklar o‘rnatildi. Gandini “mingyillik odami” deb ham atashadi.

Mahatma Gandhi 10 rupees

Maqolani baham ko'ring

Related articles