Louis Vuitton idish-tovoqlarning dastlabki ikkita kolleksiyasini taqdim etdi
Buyumlar Lima chinnisidan yasalgan
Louis Vuitton modalar uyi idish-tovoq va oshxona jihozlarining birinchi ikkita doimiy kolleksiyasini taqdim etdi. Mahsulotlar Lima chinnisidan yasalgan va brend monogrammalari bilan bezatilgan. Shuningdek, to‘plamlar oshxona anjomlari, qadahlar va grafinlarni o‘z ichiga oladi.
Constellation to‘plamiga 13 ta, Splendor to‘plamiga esa 17 ta buyum kiritilgan. Oshxona anjomlari zanglamaydigan po‘latdan, qadahlar va grafinlar to‘rt xil rangdagi muron shishasidan yasalgan.
“Constellation” va “Splendor” idish-tovoq to‘plamlari brendning maxsus butiklariga 31- oktyabr kuni kirib keladi.