Alaïa safar kechki ovqatlarining ikkinchi seriyasini taqdim etadi
Moda, taom va mehmondo‘stlikning kesishish nuqtalari
Alaïa moda uyi Dialogue loyihasi doirasida kechki ovqatlarning ikkinchi seriyasini taqdim etadi. Loyiha moda, taom va mehmondo‘stlikning kesishish nuqtalarini o‘rganishga qaratilgan. Kechki ovqat va menyuga brendning kreativ direktori Pieter Mulier hamda bosh oshpaz Jules San Cyr mas’ul etib belgilangan.
Loyiha butun dunyo bo‘ylab “pop-up” restoranlar formatida kechki ovqatlarni tashkil etuvchi We Are Ona oshpazlik studiyasi bilan birgalikda amalga oshirildi. Alaïa kechki ovqati 16 va 17 oktyabr kunlari brendning Parijdagi flagman butikida bo‘lib o‘tadi.
O‘rinlarni band qilish havolasi Alaïa brendining Instagramdagi rasmiy sahifasiga joylashtirilgan.