Alberta Ferretti yangi kreativ direktor ismini e’lon qildi
Lavozimga Lorenzo Serafini tayinlangan
Alberta Ferretti modalar uyi o‘zining yangi kreativ direktori etib italiyalik dizayner Lorenzo Serafini’ni tayinladi. Brend uning boshchiligidagi birinchi to‘plamni 2025-yil fevral oyida namoyish etadi.
2014-yilda Lorenzo “Philosophy di Lorenzo Serafini”ning kreativ direktori bo‘lgan. Brend 1984-yilda Alberta Ferretti yoshlar liniyasi bilan bir vaqtning o‘zida yaratilgan. “Philosophy”ga o‘tishdan oldin Lorenzo Serafini “Anna Molinari”, “Roberto Cavalli” hamda “Dolce & Gabbana” da ishlagan va ayollar liniyasining yetakchi dizayneri bo‘lgan.