Chanel navbatdagi shouning joylashuvini e’lon qildi
Sayohat kolleksiyasi namoyishi Komo ko‘lida bo‘lib o‘tadi
Chanel modalar uyi keyingi kruiz kolleksiyasi namoyishi joyini e’lon qildi – u Komo ko‘lida bo‘lib o‘tadi. Joylashuvning aniq manzili hozircha sir saqlanmoqda. Shou 2025-yil 29-aprelda bo‘lib o‘tadi.
Yoz fasli avvalida Chanel o‘z kreativ direktorining o‘zgarishi haqida e’lon qilgan edi. Yangi dizaynerning ismi ham hozircha noma’lum.