Christian Louboutin cheklangan poyabzallar to‘plamini taqdim etadi

U italiyalik dizayner Coco Brandolini d’Adda bilan hamkorlikda yaratilgan

Christian Louboutin brendi cheklangan poyabzallar to‘plamini taqdim etdi. U italiyalik dizayner  Coco Brandolini d’Adda bilan hamkorlikda yaratilgan.

“Vintaj” to‘plamining asosi sifatida Brandolini d’Adda’ning 2022-yilgi kuz dropidan ortib qolgan matolar olingan. Louboutin esa eng mashhur tufli modellarining dizaynlarini tanlashni o‘z zimmasiga oldi.

 

Turkumga 162 juft poyabzal kiritilgan: baletkalar, kamarli tuflilar, baland poshnali oyoq kiyimlar va botinkalar. Ular orasida to‘piq atrofi kesilgan Adadda botinkalarining yangi modeli ham bor.

Cheklangan to‘plam Medison avenyudagi “Christian Louboutin” butikidagi kokteyl bazmida, shuningdek, Milandagi Brandolini d’Adda atelyesida namoyish etiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles