Uniqlo yangi hamkorlikni Marimekko bilan taqdim etdi
Qo‘shma kolleksiyaga kuz-qishki mahsulotlar kiritilgan
Yaponiyaning Uniqlo va Marimekko brendi uchinchi qo‘shma kolleksiyasini taqdim etdi. Unga Skandinaviya tabiati va baxtli oilaviy lahzalardan ilhomlangan kuz-qishki buyumlar kiritilgan.
Ushbu turkumda ayollar va qizlar uchun tabiiy ekologik materiallardan (jun va paxta) kiyimlar taqdim etilgan. Ular orasida: issiq sviterlar, shapkalar, sharflar va qo‘lqoplar, qulay ko‘ylaklar va yubkalar, shuningdek, shinam kurtkalar, jaketlar va bomberlar bor.