Anna Wintour

Moda olamining temir xonimi

foto: Spotlight

Uni yo yaxshi ko‘rishadi, yo nafratlanishadi. Unga hurmat ko‘rsatishadi, undan qo‘rqishadi va uni yuqoriga ko‘tarishadi. U modani boshqaradi, nimaning urfda qolishini va nima «ombor qutisi»da qolib ketishini belgilaydi. Anna Vintur – AQShning eng nufuzli ayollaridan biri, ko‘plab dizaynerlar, modellar, fotograflar va boshqa iste’dodlarni dunyoga tanitgan inson.

foto: Spotlight

Olma tagiga olma tushganda

Anna Vintur 1949-yilda Londonda tug‘ilgan. Otasi, “The Evening Standard” gazetasi muharriri bo‘lgani tufayli u bolaligidan noshirlik ishi olamiga kirib borgan. Maktab yillaridayoq Anna moda jurnalistikasiga qiziqib qolgan va modalar betakror olamining asosiy muharriri bo‘lishni orzu qilgan.

foto: Spotlight

Isyonkor yoshlik

Anna maktabni yoqtirmagan, chunki u yerda zerikarli, o‘ziga xos bo‘lmagan forma kiyishga majbur edi. Vintur ko‘pchilikdan ajralib turishga harakat qiladi, bu aksariyat hollarda ma’muriyat bilan mojarolarga ham sabab bo‘ldi. 14 yoshida u sochini kaltalab oladi va o‘shandan beri turmagini o‘zgartirmagan. Bu uslub uning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylandi.

foto: Spotlight

Moda yo‘lining boshlanishi

Anna 21 yoshida Harpers & Queen jurnalining moda bo‘limiga yordamchi bo‘lib ishga kirgach, yaltiroqlik bo‘yicha birinchi tajribasini oldi. O‘zining dadil g‘oyalari tufayli u tezda martaba zinapoyasidan ko‘tarildi va bosh muharrir o‘rinbosari etib tayinlandi. Keyinchalik Vintur moda jurnalistikasida karyera qilish orzusini amalga oshirish uchun Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tdi. Vogue USA’ga o‘tish yo‘lida u Harper’s Bazaar, Viva va New York Magazine kabi nashrlarda ishladi.

foto: Spotlight

Vogue uyg‘onish davri

1988-yilda Annaning orzusi amalga oshdi – u Vogue jurnalining bosh muharriri bo‘ldi. Uning birinchi dadil qadami jinsi shim va tosh qadalgan sviter tasvirini muqovaga olib chiqish bo‘lib, bu bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. O‘shandan beri Anna jurnalning muqovasida va mundarijasida nima bo‘lishini o‘zi hal qila boshladi. Biroq, nashr savdosi pastligicha qoldi va shunda Vintur “ot bilan yurish” qildi – muqovaga Gollivud yulduzlarini taklif qildi. Muqovalar modellar tomonidan boshqariladigan dunyoda bu qadam hal qiluvchi bo‘ldi: savdo darajasi uch baravarga oshdi. O‘shandan beri yaltiroq muqovali jurnallar yuzini mashhurlarning rasmlari bilan bezash an’anaga aylandi.

foto: Spotlight

Iblis Prada kiyadi

Hamkasblar orasida u haqida qanday mish-mishlar tarqalmasin, Anna Vinturning uslubi shubhasiz o‘zgarmas bo‘lib qolmoqda. U ranglarni tanlashda o‘zini cheklamaydi, doim benuqson kiyinadi va jinsi shim kiymaydi. Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak va nozik did uning doimiy hamrohidir. Agar Anna Vinturning mukammallikka intilishi va qat’iyati bo‘lmaganda, zamonaviy muqovalar dunyosi, ehtimol, butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lardi.

foto: Spotlight

Maqolani baham ko'ring

Related articles