Kelli Razerford
Mumtoz “G‘iybatchi”serialining eng zamonaviy onasi tavallud kunini nishonlamoqda
O‘smirlar ham, ularning onalari ham unga mahliyo bo‘lishadi. Ba’zilar uning uslubi va nazokatini o‘zlashtirishga intilsa, boshqalar kelajakda shunday nafis ko‘rinishga ega bo‘lishni orzu qiladi. Kelli Razerford - nafaqat “G‘iybatchi” serialida Lili van der Vudsen obrazini mohirona gavdalantirgan, balki nafislik va ayollik timsoli bo‘lib qolgan aktrisa.
Klassik Amerika tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lgan bu opera va serial yulduzi 1968-yilda Kentukki shtatining Elizabettaun shahrida tug‘ilgan. Onasi model va yozuvchi bo‘lgan, oilada Kellidan tashqari yana uch farzand tarbiyalangan. Razerford doimo aktrisa bo‘lishni orzu qilgan va maktabni tugatgach, karerasini boshlash uchun Nyu-Yorkka yo‘l olgan. U 90-yillar va 2000-yillarda seriallardagi rollari bilan haqiqiy mashhurlikka erishdi.
Chinni kabi nafis teri va tilla rang sochlar uning o‘ziga xos belgisiga aylandi. “G‘iybatchi” serialida bosh qahramonning onasi rolini ijro etganidan so‘ng, Kelli o‘smirlar va ularning ota-onalari orasida idol maqomini qozondi. Uning qahramoni nafisligi va nozik didli uslubi Kellining o‘ziga xos qismiga aylandi.
O‘z uslubiga sodiq qolgan holda, u oqqushdek nafisligi va benuqson didi bilan matbuotni maftun etishda davom etmoqda.