Hermès cheklangan kosmetika to‘plamini chiqardi
Unga ten paletkalari, lab bo‘yoqlari va tirnoq laklari kiritilgan
Hermès moda uyi 2024-yilning kuz-qish mavsumi uchun cheklangan go‘zallik to‘plamini taqdim etdi. Mahsulotlarning qadoqlanishi va ranglari muallifi – fransuz dizayneri Pyer Ardi.
To‘plam tarkibiga to‘rt xil: jigarrang, xaki, tilla va ko‘k rangli Ombres d’Hermès Limited Edition ten paletkalari kiritilgan. Shuningdek, sarg‘ish, qizg‘ish va terrakota ranglaridagi uchta yangi Rouge Hermès lab bo‘yog‘i ham mavjud. Bundan tashqari, Les Mains Hermès tirnoq uchun ikkita lak – xaki va ko‘k rangli laklar ham to‘plamdan o‘rin olgan.