Yangi 2025-yilni qaysi rangda kutib olish kerak?

Yog‘och bilan bog‘liq ranglar qulay hisoblanadi

05 Dek 2024
Foto: SPOTLIGHT / Gucci

2025-yil kirib kelishiga bir oydan kamroq vaqt qoldi. Bu esa bayramona liboslar haqida o‘ylashning ayni payti ekanligini bildiradi. Agar yangi yil tantanalari uchun kiyim hali tanlanmagan bo‘lsa, shoshilish va unga kirib kelayotgan yil ramzlarini qo‘shish lozim.

Yog‘och bilan bog‘liq ranglar e’tiborni tortadi, chunki kelayotgan yilning timsoli Yashil Yog‘och Ilon bo‘ladi. Sizlar uchun uyg‘un va zamonaviy bayram qiyofasini yaratishga yordam beradigan uchta asosiy rangni to‘pladik. Bu ranglar burjlardan ilhomlanasizmi yoki trendlarga amal qilasizmi, bundan qat’iy nazar, mos keladi.

Yashil

Yashil rang joriy kuz-qish mavsumida trendda. Bundan tashqari, 2025-yilgi Ilon ham aynan shu rangda bo‘ladi. Bu barqarorlik, farovonlik va bir maromda rivojlanishni va’da qiladi. Yashil rangning turli ko‘rinishlari – salat rangidan to zumrad va xakigacha – Yangi yil kechasi uchun libos tanlashda eng to‘g‘ri yechimdir. Gucci’ning to‘rli baxmal kombinatsiyasi, Atlein’ning murakkab burmali maksi ko‘ylagi yoki Dries Van Noten’ning ansambli ajoyib misol bo‘ladi.

Foto: SPOTLIGHT / Del Core

Foto: SPOTLIGHT / Dries Van Noten

Foto: SPOTLIGHT / Balmain

Jigarrang

2024-yil kuz-qish mavsumining haqiqiy xiti – “qimmatbaho” va hashamatli deb ataladigan jigarrang, shu jumladan, bayram chiqishi uchun mukammal tanlov bo‘ladi. Saint Laurent shimli kostyumlar va yelkador ko‘ylaklarni taklif qiladi, Christian Siriano – ipakdek mayin ikki qismli liboslarni, Carven – shinam ustki kiyim va qo‘lqoplarni, Philosophy di Lorenzo Serafini esa – 90-yillar uslubidagi uzun etakli ko‘ylaklarni taqdim etadi. Astrologik nuqtayi nazardan bunday libos yangi 2025-yilda barqarorlik keltiradi va rejalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Foto: SPOTLIGHT / Givenchy

Foto: SPOTLIGHT / Gucci

Foto: SPOTLIGHT / Saint Laurent

Metall

Ilon tangachasini eslatuvchi matolar, har qachongidan ham ko‘ra, yaqinlashib kelayotgan yilni kutib olish uchun libos tanlashda dolzarb bo‘ladi. Shuningdek, eritilgan oltin yoki kumushni eslatuvchi matolarga ham e’tibor qaratish lozim. Givenchy va Cecilie Bahnsen’ning “metall” mini ko‘ylaklari, Tom Ford’ning mayda zanjirli maksi libosi, Michael Kors’ning jaket bilan uyg‘unlashgan vazmin ansambli – tanlov sizning ixtiyoringizda.

Foto: SPOTLIGHT / Givenchy

Foto: SPOTLIGHT / Christian Siriano

Foto: SPOTLIGHT / Michael Kors

Yuqorida aytib o‘tilgan uchta rangdan tashqari, qizil rangning turli tuslariga ham e’tibor berish kerak: iliq terrakota, to‘yingan gilos yoki klassik qizil. Ushbu ranglar martaba yutuqlari va farovonlik bilan bog‘liq bo‘lib, ishonchli va muvaffaqiyatli qiyofani yaratishga yordam beradi. Ko‘k rang esa, aksincha, xotirjamlik va ichki muvozanat ramziga aylanadi. Yangi yil kechasida moviy tuslar yorqinlik va nafosat qo‘shadi hamda, shubhasiz, har qanday davrada e’tiborni tortadi.

Foto: SPOTLIGHT / Victoria Beckham

Foto: SPOTLIGHT / David Koma

Maqolani baham ko'ring

Related articles