Pantone 2025-yilning asosiy rangini e’lon qildi

Bu Mocha Mousse iliq jigarrang tusi

Fotо: Instagram / Pantone

Pantone rang instituti Mocha Mousse (17-1230) ni 2025-yilning asosiy rangi deb e’lon qildi – tabiiylik va nafislik ohanglariga boy, iliq jigarrang tus. Ushbu tanlov tabiat bilan uyg‘unlikka intilish va tez o‘zgaruvchan dunyoda qulaylik istagini ifodalaydi.

 

Mocha Mousse kakao, shokolad va qahva bilan bog‘liq yoqimli lahzalarni yodga soladi. Rang shinamlik, kundalik quvonchlarga va nozik lazzatni his qilishga intilishni ifodalaydi, qulaylik va nafislik o‘rtasidagi muvozanatni taklif etadi.

Har yili Pantone jahon trendlarini chuqur tahlil qilish asosida yilning asosiy rangini tanlaydi. Institut mutaxassislari san’at, moda, kino, dizayn, texnologiya va ijtimoiy kayfiyatlarni o‘rganib, davr ruhini ifodalovchi tusni aniqlashmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles