Luvrdagi ko‘rgazma
Muzey yana podiumga aylanadi
Luvr faqat modaga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazib, nufuzli modalar namoyishi maydoniga aylanadi. Muzeyda innovatsion ko‘rgazma tashkil etiladi, unda Chanel uchun Karl Lagerfeld, Yoji Yamamoto va Dolce & Gabbana kabi mashhur dizaynerlar tomonidan yaratilgan 65 ta ramziy libos va 30 ta aksessuar namoyish etiladi. Shuningdek, yosh iste’dodli dizaynerlarning zamonaviy ishlari ham taqdim etiladi.
1973-yilda Luvrga XVIII asr fransuz san’atining yuzga yaqin asarini sovg‘a qilgan parijlik moda kashfiyotchisi va san’at asarlari to‘plovchisi Mari-Luize Karvenga alohida e’htirom ko‘rsatildi.