Prada Foundation ko‘rgazma ochmoqda

50 dan ortiq rejissyorning ishlari namoyish etiladi

Foto: INSTAGRAM / WESANDERSONOFC

“Tilning ko‘rinishi: kinoda kadrlash va boshqa ifoda usullari” nomli ko‘rgazmada Martin Skorseze, Hayao Miyazaki, Federico Fellini, Steven Spielberg, Wes Anderson va Alfred Hitchcock kabi 50 dan ortiq rejissyor va animatorlarning ishlari taqdim etiladi.

Ko‘rgazma 30-yanvar kuni Milanda Prada Foundation Osservatorio filialida boshlanadi, keyin esa 2025-yil noyabr oyida Shanxaydagi madaniy tadbirlarga mo‘ljallangan Prada Rong Zhai’ga ko‘chiriladi. 1920-yillarning oxiridan 2024-yilgacha yaratilgan sakkiz yuzdan ortiq lavhalar, rasmlar, chizmalar va boshqalarni o‘z ichiga olgan loyihaga amerikalik olima Melissa Harris kuratorlik qiladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles