Berlin modalar haftaligi
Dastur yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
Berlin shahrida 31-yanvardan 3-fevralgacha modalar haftaligi bo‘lib o‘tadi. Dasturdan shou, taqdimot va ma’ruzalar yig‘indisi joy olgan. Tadbir boshlang‘ich brendlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Yosh dizaynerlar namoyishidan tashqari, Ariana Grande va Swarovski kapsulalari ham taqdim etiladi.
To‘liq dastur Berlin moda haftaligining rasmiy veb-saytida mavjud.