Burberry po‘lat ritsari jonlandi
Brend o‘z logotipiga jon kiritdi

Burberry o‘z logotipidagi po‘lat ritsarga jon kiritdi. U bilan birga Keyt Uinslet, Jodi Tyorner-Smit, Maykl Uord, Nikolas Xolt va Naomi Kempbellni Sevishganlar kuniga bag‘ishlangan “It’s Always Burberry Weather: London in Love” nomli yangi Burberry reklama kampaniyasida suratga tushishga taklif etdi.
Deniel Li rahbarligidagi ijodiy guruh Britaniya romantik komediyalari asosida yettita qisqa metrajli film yaratdi. Birinchi qismni brend allaqachon o‘z Instagram sahifasida e’lon qildi.