Maison Margiela va Christian Louboutin
Hamkorlikda yaratilgan cheklangan kolleksiya

Maison Margiela va Christian Louboutin o‘zaro hamkorlik qilishlarini e’lon qildilar. Cheklangan miqdordagi kolleksiyaga plastir va skotchga o‘xshash naqshinkor shpilkali tuflilаr, lаkli vа yaltiroq tabilаr, inkrustatsiyalangan to‘rsimon baletkalar hamda baland botilyonlar kiritilgan.
Brendlar avvalroq Galyano ko‘rgazmasida hamkorlik qilgan bo‘lib, u yerda o‘zlarining birinchi kichik poyabzal kolleksiyasini namoyish etishgan edi.