Dior’dan Her Dior

Brend hujjatli film taqdim etadi

Foto: INSTAGRAM / DIOR

Dior Mariya Gratsiya Kyurining rassom ayollar bilan barcha hamkorliklari haqida hujjatli film taqdim etmoqda. Loyiha “Her Dior” deb nomlangan. Tizer 6-mart kuni Parij moda haftaligi doirasida namoyish etiladi.

Filmning chiqish sanasi 8-mart etib belgilangan. Uning muallifi jurnalist va hujjatli filmlar rejissyori Loika Prijan bo‘lib, u avvalroq Chanel’ning yangi yuqori moda kolleksiyasini yaratish haqidagi mini-serialni suratga olgan edi. Loikaning YouTube kanalidagi birinchi video esa 2019-yilgi Jacquemus ko‘rgazmasiga tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles