Pressiat va Thierry Lasry
Yangi futuristik ko‘zoynak modeli

Parijning Pressiat brendi yangi model yaratish uchun Thierry Lasry ko‘zoynak brendi bilan hamkorlik qildi. Brendlar 1970-yillar glamuridan ilhom olishgan. Ko‘zoynak dizayni o‘sha davrda mashhur bo‘lgan “mushuk ko‘zi” va “aviator” shakllarining futuristik talqini bo‘lib, niqob va kosmonavt kiyimini eslatuvchi yaxlit linzaga ega.
“Jagger” deb nomlangan model “Rolling Stones” guruhining yetakchisi Mik Jaggerga hurmat belgisi sifatida tanlangan. Chunki dizayner Vinsent Garnier Pressiat 23 yoshini nishonlagan kuni u bilan bo‘lgan uchrashuvdan qattiq ta’sirlangan.