Azzedine Alaïa Thierry Mugler 1980/1990
Alaïa jamg‘armasidagi ko‘rgazma

Parijdagi Alaïa jamg‘armasida “Azzedine Alaïa Thierry Mugler 1980/1990” nomli brendning Mugler bilan hamkorlikdagi ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazma 1979-yilda boshlangan Azzedin va Terri o‘rtasidagi do‘stlik haqida hikoya qiladi.
Myugler Alayani kuz-qish kolleksiyasi liboslari dizaynini ishlab chiqish jarayonida qatnashishga taklif etdi. Shu tarzda Alayada mustaqil dizayner bo‘lishga ishtiyoq paydo bo‘ldi va Myugler uni doimo qo‘llab-quvvatlab keldi. 1982-yilda Bergdorf Goodman univermagida o‘tkazilgan ko‘rgazmadan so‘ng Alaïa brendining mustaqil faoliyati boshlandi.
Ko‘rgazmada 120 ga yaqin namuna taqdim etildi: taxminan 40 tasi Myugler va 72 tasi Alaya ijodiga tegishli.