“A Modernist Capita”l kitobining Nyu-Yorkdagi taqdimoti
Kitob Toshkentning me’moriy merosiga bag‘ishlangan

Nyu-Yorkdagi “Rizzoli” nashriyot uyida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda nashr etilgan “A Modernist Capital” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu nashr Toshkentning me’moriy merosi va uning modernistik o‘zgarishlariga bag‘ishlangan.
Tadbir doirasida shaharning me’moriy rivojlanishi, uning modernistik estetikasi va “Panorama” kinoteatri (1964), Davlat san’at muzeyi (1974) hamda “O‘zbekiston” mehmonxonasi (1976) kabi ramziy inshootlar haqida panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar mazkur obyektlar innovatsiyalar va madaniy o‘ziga xoslikning uyg‘unligini qanday aks ettirishini muhokama qildilar.
Muhokamada O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Metropolitan muzeyining arxitektura va dizayn kuratori Abraham Tomas hamda Cartier jamg‘armasining strategik loyihalar direktori Beatris Grene ishtirok etdi. The Grand Tourist podkastining boshlovchisi Den Rubinshteyn tadbirga moderatorlik qildi.