Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Parijda

Madaniy meros va ta’lim sohasida bitimlar imzolandi

Foto: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parijga davlat tashrifi doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi fransuz hamkorlari bilan madaniy meros va ta’lim sohasida bir qator kelishuvlar imzoladi.

Jamg‘arma raisi va ALIPH Kengashi raisi Bariza Xiari tomonidan Xalqaro merosni himoya qilish alyansi (ALIPH) bilan imzolangan bitim qo‘shma restavratsiya loyihalarini amalga oshirish va madaniy merosni saqlashning zamonaviy usullaridan foydalanish imkoniyatini nazarda tutadi. Shuningdek, Jamg‘arma raisi ALIPH Kengashi a’zoligiga qabul qilindi.

Fransiya Milliy madaniy meros instituti bilan tuzilgan kelishuv madaniy meros sohasidagi mutaxassislar uchun ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish va Fransiyada malaka oshirishni tashkil etishni o‘z ichiga oladi.

Jamg‘arma raisining o‘rinbosari va Institut direktori Mari Favero tomonidan imzolangan Fransiyaning Markaziy Osiyoni o‘rganish instituti bilan bayonnoma konferensiyalar o‘tkazish, ta’lim dasturlari va loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles