Megan Sasseks
Biznesdagi ayollar haqidagi podkast

FFFF“Confessions of a Female Founder” yoki “Ayol tadbirkorning e’tiroflari” – Meganning podkasti shunday nomlanadi.
Sasseks xonimning shou dasturida ayol tadbirkorlar bilan brendlar yaratish, ularning biznes yo‘li va “work-life” muvozanatini qanday saqlash haqida suhbatlashadi. Format yengil bo‘lishga va’da beradi, muzokaralar stolida emas, balki dam olish xonasidagi suhbatlarga o‘xshaydi.
“Men orzularini haqiqatga aylantirgan va kichik g‘oyalarni muvaffaqiyatli loyihalarga aylantirishga erishgan ajoyib ayollar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazdim”, – deydi Megan.
Birinchi mavsum 8-aprelda striming platformalarida taqdim etilishi kutilmoqda.