Pol Sarrij

Prada bilan hamkorlik

Foto: INSTAGRAM / MODLUXDALLAS

Britaniyalik dizayner Pol Sarrij Prada jamoasiga qo‘shiladi. Sarrij erkaklar kiyim-kechak liniyasiga mas’ul bo‘lishi kutilmoqda.

Ilgari dizayner JIl Sander brendining erkaklar liniyasi dizayn direktori sifatida Raf Simons bilan hamkorlik qilgan. 2019-yilda Sarrij Roberto Cavalli ijodiy direktori lavozimini tark etdi va 2022-yil mayidan boshlab Corneliani uchun kapsula kolleksiyalarini yaratishni boshladi. U 2003-yildan 2007-yilgacha Calvin Klein va Burberry’da Kristofer Beyli bilan ishlagan, 2011-yildan 2014-yilgacha esa Zegna’ning ijodiy direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles