Alessandro Mikele
Valentino kampaniyasi
Alessandro Mikele bir oy avval Milanda namoyish etilgan Valentino kuz-qish kolleksiyasining reklama kampaniyasini taqdim etdi.
Ijodiy direktor tinmay o‘zgarayotgan tasvirlar, raqamli yangiliklar va shiddatli axborot oqimi dunyosida sekinlashib, to‘xtashga undaydi. Mikele “hayot tarzimizni shakllantiradigan eng mayda narsalarga, kundalik odatiy ishlarga sinchkovlik bilan nazar solishga qaytishni” taklif qilmoqda.