Carolina Herrera
2026-yil bahor-yoz kolleksiyasi

Carolina Herrera 2026-yilgi bahor-yoz kolleksiyasi namoyishi Madridda o‘tkazilishini e’lon qildi. Shou 18-sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi. Brendning ijodiy direktori Ues Gordon uchun bu namoyish 2024-yilda Rio-de-Janeyroda va 2025-yilda Mexikoda o‘tkazilgan kruiz kolleksiyalaridan so‘ng, Nyu-York moda haftaligidan tashqarida o‘tkaziladigan uchinchi namoyish bo‘ladi.
“Madrid doimo mening eng sevimli shaharlarimdan biri bo‘lib kelgan, u o‘zining tarixi, san’ati, madaniyati va diqqatga sazovor joylari bilan g‘oyat boy”, – deya fikr bildirdi Gordon.