“Gofman ertaklari”
Premyera qanday o‘tdi

Offenbaxning mashhur “Gofman ertaklari” operasi Stefano Poda talqinida ilk bor Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida taqdim etildi.
Opera syujeti buyuk romantik adib Ernst Teodor Amadey Gofmanning asarlari va hayot yo‘liga asoslangan. O‘zbekiston milliy simfonik orkestri ijro etgan Jak Offenbax musiqasi ostida uning xotiralari va ijodiy fantaziyalari jonlandi. O‘ziga xos uslubi bilan tanilgan rejissyor Stefano Poda inson ruhiyatining chuqur qatlamlarini o‘rganib, opera san’atning tirik va universal shakli ekanligini namoyon etdi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi