Samarkand Marathon
Ayollar uchun tenglik va inklyuzivlikni ta’minlash

Samarqand Marathon yugurish musobaqalari seriyasi MDHda birinchi bo‘lib SheRACES tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bu orqali sport musobaqalarida ayollar uchun tenglik va inklyuzivlikni ta’minlash xalqaro standartlarga muvofiq bo‘ladi.
SheRACES tashabbusi yugurish musobaqalarida, ayniqsa, hozirgi kunda ularning ishtiroki past bo‘lgan murakkab masofalarda qatnashuvchi ayollar sonini oshirishga qaratilgan. Tashkilot yanada inklyuziv sharoitlarni yaratish uchun aniq tavsiyalarni taklif etadi: muloqotda xilma-xillik, muloqot uslubi, moslashuvchan vaqt cheklovlari, logistika haqida batafsil ma’lumot va adolatli ishtirokni ko‘chirish siyosati.
“Har bir ayol, yoshi, kasbi yoki hayotining qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zini ishonchli, qulay va xavfsiz his qiladigan sharoitlarni yaratish biz uchun g‘oyat muhimdir. Zamonaviy ayolning turmush tarzi faollik, salomatlik va sportni o‘z ichiga oladi va bu biz o‘tkazadigan sport tadbirlarida o‘z aksini topishi lozim. Aynan shu sababli SheRACES tashabbusining akkreditatsiyasi biz uchun muhim qadam hisoblanadi. O‘zbekiston yanada inklyuziv va ongli kelajak sari ilgarilamoqda. Ishonamizki, sportni, ayniqsa, ayollar va yoshlar o‘rtasida rivojlantirish zamonaviy sog‘lom jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadi”, – deydi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova.