Visa Fashion Week Tashkent Pre-Fall 2025
Moda vaqtning asosiy ifodasi sifatida

Bu yil Visa Fashion Week Tashkent odatiy chegaralardan tashqariga chiqib, modani zamonning bosh ifodasi sifatida ko‘rsatishni va’da qilmoqda. Sahnada kundalik hayotni qayta idrok etishdan, odatiy shakllar bilan bahs yuritishdan va o‘zini ifodalashning yangi chegaralarini izlashdan cho‘chimaydigan dizaynerlar o‘z ishlarini namoyish etadilar. Tadbir 25-26-may kunlari Toshkentdagi Intercontinental mehmonxonasida o‘tkaziladi.
Namoyishlar dasturi:
25-may
Dilnoz, O‘zbekiston
Nelif, O‘zbekiston
Amal Vagram, O‘zbekiston
Aka Nanita, Gruziya
Reactor, Qozog‘iston
Azamat Samet, O‘zbekiston
26-may
Morobulsin, O‘zbekiston
Malli, Qozog‘iston
Moment of White, Armaniston
Liliya D’ulat, O‘zbekiston
Dildora Kasimova, O‘zbekiston
Zhsaken x Akmaral, Qozog‘iston