Jenna Ortega

Dior Makeup’ning yangi elchisi

Foto: INSTAGRAM / jennaortega

Jenna Ortega Dior Makeup’ning elchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, aktrisa tarmoqning ijodiy va imidj direktori Piter Filips bilan birgalikda dekorativ pardoz mahsulotlari to‘plamining obro‘sini oshirish ustida ishlaydi.

“Dior insonlarning tabiiy go‘zalligini ta’kidlashga intilishi va unga imkon beradigan mahsulotlar yaratishi menga yoqadi. Ular bilan hamkorlik qilib, odamlarga pardoz va go‘zallik qanchalik oson bo‘lishi mumkinligini va bir nechta yaxshi o‘ylangan mahsulotlar o‘zingizni qanday ifodalashingizni o‘zgartirishi hamda kundalik hayotingizni yanada qiziqarli qilishi mumkinligini tushuntirishga yordam bera olaman deb umid qilaman. Pardozim har kuni o‘zgarib turadi. Ko‘z qalam bilan chizishni, lablarim va yanoqlarimni bo‘yashni yaxshi ko‘raman. Odatda bunga 10 daqiqadan ortiq vaqt ketmaydi”, deya izoh beradi Ortega.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles