House of McQueen

Dizayner hayoti haqidagi shou

Foto: INSTAGRAM / ricklazesstudio

Kelgusi mavsumda Nyu-York moda haftaligi Li Aleksandr Makkuinning hayot yo‘liga bag‘ishlangan “House of McQueen” teatr spektakli bilan ochiladi. Tomosha 9-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Shouning ijodiy rahbari – dizaynerning jiyani Gari Jeyms Makkuin. Gari yosh avlodni brend asoschisining shaxsiyati bilan tanishtirishni o‘z burchi deb biladi, chunki ko‘pchilik uni faqat “brend sifatida qabul qilishadi, lekin orqasidagi odamni ko‘rishmaydi”. 

Maqolani baham ko'ring

Related articles