Milan Fashion Week

Milandagi erkaklar moda haftaligi

Foto: INSTAGRAM / milanfashionweek

Italiya milliy moda palatasi Milanda o‘tkaziladigan Erkaklar moda haftaligi dasturini e’lon qildi. Tadbir 20-24-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi va hozircha quyidagilar ma’lum:

Taqvimini 20-iyun kuni Setchu ochib beradi. Shu kuni kechroq Fioricci va PDF namoyishlarini ko‘rishimiz mumkin.

21-iyun kuni Pronounce, Dolce & Gabbana, Paul Smith va Emporio Armani o‘z kolleksiyalarini taqdim etadi.

22-iyunda Prada, Saul Nash va Dunhill namoyishlari bo‘lib o‘tadi. Podiumdan tashqarida esa Etro, Bally va Tod’s o‘z taqdimotlarini o‘tkazadi.

23-iyun kuni Giorgio Armani namoyishlarni yakunlanaydi, tadbirning so‘nggi kuni esa onlayn taqdimotlarga bag‘ishlanadi.

Milan erkaklar moda haftasining asosiy ishtirokchilari bo‘lmish Gucci va Fendi dasturda yo‘q. Shuningdek, JW Anderson, Dsquared2, Magliano va Zegna ham bu yil Milan Fashion Week’da ishtirok etmaydi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles