Crosby Studios

Arxitektor Garri Nuriyevning san’at makoni

Foto: INSTAGRAM / crosbystudios

Arxitektor va mebel dizayneri Garri Nuriyev Parijda yangi Crosby Studios makonini ochdi. Galereya Rue des Beaux-Arts ko‘chasida joylashgan bo‘lib, uning noyob interyer jihozlari va dizayn g‘oyalari namoyish etiladigan ijodiy ustaxona vazifasini o‘taydi.

Vitrinalarida g‘ayrioddiy narsalarni ko‘rish mumkin: g‘ijimlangan metall idishlar, kristallar o‘rniga markerlar osilgan qandil va kompakt diskdan yasalgan soat. Nuriyev interyer va buyumlarni “kumushlatish” uslubi bilan mashhur, shuningdek, shaffof materiallar va noodatiy to‘qimalardan foydalanadi.

An’anaviy eksponatlardan farqli o‘laroq, Nuriyev klaviatura, reklama futbolkalari va alyuminiy patnislar kabi zamonaviy materiallardan foydalanib, ularni san’at asarlariga aylantiradi.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles