Dior
«Les Fantômes du Cinéma»

Moda uyi bugun bo‘lib o‘tadigan 2026-yilgi kruiz kolleksiyasining uzoq kutilgan namoyishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Taqdimot g‘ayrioddiy formatda – rejissyor Matteo Garronening “Les Fantômes du Cinéma” nomli kinematografik talqini shaklida o‘tkaziladi. Uning tizeri allaqachon tarmoqlarda mavjud.
Yangi kolleksiya taqdimotidan oldin Dior’ning ijodiy rahbari Mariya Gratsiya Kyuri Toskanaga yo‘l oldi. U yerga ulug‘vor Villa Reale di Marliyaning badiiy merosini o‘rganish uchun bordi. Bu tarix va madaniyatga boy joy moda uyining kelajakdagi ijodi uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.