“Ko‘zmunchoq-2025”

Bolalarning ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantiruvchi ko‘rgazma

Fotо: instagram / afisha.uz

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida “Ko‘zmunchoq-2025” ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Ushbu tanlov-ko‘rgazma bolalarning ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularda faol badiiy faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, iste’dodli va o‘ziga xos ijodkorlarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Bu yilgi tanlov-ko‘rgazmada Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchilaridan tashqari, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatlari o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.

Ko‘rgazma 22-maydan 2-iyungacha har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha davom etadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles