Dior

“Lady Dior”ning yangicha talqini

Foto: instagram / dior

Dior Fall 2025 yangi kolleksiyasida Mariya Gratsiya Kyuri mashhur Lady Dior sumkasini qayta talqin qildi. U sumkani sakura gullari va bo‘rtma shaklda ishlangan pionlar bilan bezatdi. Dizayn yapon ikebana falsafasidan ilhom olingan bo‘lib, unda har bir detal yapon bezak san’atining nozik muvozanatini aks ettiradi.

Kolleksiya namoyishi Kiotoning gullagan bog‘lari qo‘ynida o‘tkazilib, Diorning yapon madaniyati bilan aloqasini ta’kidladi. Shuningdek, 1953-yilda o‘z modellarini Yaponiyada ilk bor namoyish etgan Kristian Diorning arxiv ishlaridan ham kolleksiya uchun g‘oyalar olingan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles