Markaziy Osiyo haqidagi mustaqil kinolar festivali
Markaziy Osiyo haqidagi mustaqil kinolar festivali

Berlin erkin universiteti homiyligida tadqiqotchilar tomonidan tashkil etilgan “Central Asia: At the Crossroads” festivalida mintaqa haqidagi qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi. Hozirda ishlarni saralash jarayoni ochiq va davom etmoqda.
Dastur asosiy mavzularni qamrab oladi: gender rollari, madaniy meros, ekologik muammolar va sovet davrining ta’siri. Festivalning maqsadi zamonaviy Markaziy Osiyoni shakllantiruvchi jarayonlarni chuqurroq anglashga yordam beradigan muloqot, muhokamalar va jonli chiqishlarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
35 daqiqagacha bo‘lgan filmlar har qanday formatda – hujjatli, animatsion, eksperimental va boshqa ko‘rinishlarda qabul qilinadi. Asosiy shartlardan biri ingliz tilidagi subtitrlar mavjudligi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Xitoyning uyg‘urlar yashaydigan mintaqasidan tayyorlangan ishlar uchun arizalar qabul qilinmoqda.