Aral Sea Marathon 2025
Xayriya yugurishi

Orol dengizi bo‘yidagi o‘tov lagerida Aral Sea Marathon 2025 xayriya yugurishi o‘tkaziladi. Yugurish Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuniga bag‘ishlanib, mintaqadagi ekologik muammoga e’tiborni jalb qiladi. Yo‘nalish qurigan dengiz tubi bo‘ylab o‘tadi.
Marafon keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘lib, tushgan mablag‘larning bir qismi autizm spektri buzilishi (ASB) bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Ishtirokchilar uchun safari-tur, kemalar qabristoni va kanyonlarga tashrif ham rejalashtirilgan. 5 km, 10 km, 21 km va 42 km masofalar mavjud. Marafon 21-iyun kuni boshlanadi. Narxlar va ishtirok shartlari haqida batafsil ma’lumotni rasmiy veb-saytdan olish mumkin.