Valentino Resort 2026

Nafosat va o‘ynoqi romantizmning ifodasi

Foto: instagram / maisonvalentino

Valentino o‘zining yangi Resort 2026 kolleksiyasini taqdim etdi. Bu kolleksiya  nafosat va o‘ynoqi romantizmning yorqin ifodasiga aylandi. Brendning bosh dizayneri Alessandro Mikele Valentino an’anaviy uslubiga yangicha yondashuv taklif qildi, unga 70-80-yillarning bohemona hashamati va retro ohanglarini qo‘shdi.

Resort 2026 kolleksiyasi bezakdorlik va soddalik o‘rtasidagi muvozanatni namoyish etib, ham hashamatli, ham kamtarona ko‘rinishlarni taqdim etadi. Valentino an’analar va zamonaviylikni uyg‘unlashtirib, moda muxlislarini ilhomlantirishi davom etmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles