Max Mara Resort 2026 kolleksiyasini namoyish etdi
Tadbir Neapol shahrining sehrli go‘zalligiga bag‘ishlandi

Max Mara yangi Resort 2026 kruiz kolleksiyasini taqdim etdi. Ko‘rgazma Kazerta qirollik saroyida o‘tkazildi. Kolleksiya uchun neorealizm qahramonlari — Silvana Mangano va Sofiya Loren kabi aktrisa ayollarning erkin va kuchli ruhiyati ilhom manbai bo‘ldi. Shu tariqa, brendning ijodiy direktori Ian Griffits turli davrlar o‘rtasidagi aloqani va Italiyaning eng yorqin, serharakat hamda ziddiyatli shaharlaridan biri bo‘lgan Neapolning boy tarixini namoyish etishni maqsad qilgan.
?hl=ru