Vivienne Westwood Milandagi erkaklar moda haftaligida debyut qilmoqda
Modalar uyi 2026-yil bahor kolleksiyasini taqdim etadi

Andreas Krontaler rahbarligidagi Vivienne Westwood brendi birinchi marta Milandagi moda haftaligida erkaklar kolleksiyasini taqdim etadi. Ilgari brend Londonda qo‘shma kolleksiyalarni ko‘rsatgan bo‘lsa, endi ularning o‘ziga xosligini ta’kidlash maqsadida erkaklar va ayollar liniyalarini alohida namoyish etishga qaror qildi.
2026-yilgi bahor-yoz kolleksiyasi ingliz nafosati va O‘rta yer dengizi hayot tarzining uyg‘unligidan ilhom olgan. Krontaler uni “zamonaviy olifta” deb ataydi – yengil matolar, yorqin ranglar va naqshlar, erkin siluetlar. Bu shunchaki moda haqida emas, balki uslub va individuallik to‘g‘risida.
Milanga qaytish brend uchun ramziy qadam bo‘ldi: “Milan - erkaklar modasining vatani va bu yerda yana bo‘lishimizdan mamnunmiz”, – dedi Krontaler.