Janfranko D’Attis Pradadan ketmoqda

Bosh direktori o‘rniga yangi nomzod topildi

Foto: instagram / quiencom

Janfranko D’Attis Prada kompaniyasi bosh direktori lavozimini tark etmoqda. Brend rahbariyati bilan o‘zaro kelishuv asosida ajralishayotgani ma’lum qilindi. D’Attis 30 iyungacha o‘z vazifasini bajarishda davom etadi, shundan so‘ng uning o‘rnini vaqtincha Prada Group’ning barcha aktivlari uchun mas’ul bo‘lgan Andrea Guerra egallaydi.

D’Attis 2022-yil yanvarida Pradaga qo‘shilgan edi va Prada oilasidan tashqaridagi brendning birinchi bosh direktori bo‘ldi. U bundan oldin Christian Dior Couture Americas prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles