Denma Gvasalianing ko‘rgazmasi ochildi

Balenciaga’da o‘n yil

Foto: instagram / t.me elleozbekiston

Parijdagi Kering qarorgohida Demna Gvasalia va uning Balenciagada’gi o‘n yillik faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada 101 ta eksponat namoyish etilmoqda. Ular orasida IKEA uslubidagi ko‘k sumka, narx yorlig‘i shaklidagi to‘g‘nog‘ich, amerikalik senator Berni Sanders uslubidagi logotipli eskirgan beysbolka va yelkalari tushirilgan mashhur qizil puxovik bor. “Agar Balenciaga’dagi o‘n yillik faoliyatim davomida meni eng yaxshi ifodalovchi bitta buyumni tanlash kerak bo‘lsa, bu aynan shu”, deya e’tirof etdi Demna.

“O‘n yil davomida go‘yo o‘zimga o‘zim taassurot qoldirishga urinib keldim. Endi hamma narsani konseptuallashtirmoqchi emasman. Men shunchaki ajoyib shim tikishni xohlayman. Kiyish qulay va o‘zingizni jozibador his qiladigan ajoyib kurtka yaratmoqchiman”, deya ta’kidladi dizayner.

Maqolani baham ko'ring

Related articles