Google va Gentle Monster
Aqlli ko‘zoynaklarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda

Google korporatsiyasi aqlli ko‘zoynaklarni ishlab chiqarish sohasiga qaytmoqda va allaqachon Janubiy Koreyaning hashamatli optika brendi Gentle Monster aksiyalarini 100 million dollarga sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.
Mazkur bitim 2026-yilda yangi XR ko‘zoynaklar turkumini ishga tushirish bilan bog‘liq. Bu Google Glass loyihasidan o‘n yil o‘tgach, Googlening kiyiladigan texnologiyalar sohasiga ilk qaytishi bo‘ladi. O‘zining g‘ayrioddiy dizayn yondashuvi bilan tanilgan Gentle Monster asosiy hamkorga aylanib, yangi qurilmada uslub va texnologiyalarni uyg‘unlashtirish vazifasini bajaradi.