Louis Vuitton kruiz laynerida

Shanxaydagi yangi manzil

Foto: instagram / louisvuitton

Louis Vuitton Shanxayda ulkan kruiz layneri ko‘rinishidagi “The Louis” nomli makonni ochdi. Uning maydoni 17 850 kvadrat futni tashkil etadi. Dizaynerlar jamoasining aytishicha, kema shakli Shanxayning port madaniyatiga hurmat belgisi bo‘lib, shuningdek, brendning XIX asrdagi tarixiga ham ishora qiladi. O‘sha davrda ular okean oshib sayohat qilish uchun chamadonlar ishlab chiqargan.

Savdo markazi uch qavatdan iborat. Moda kemasidan nafaqat do‘konlar, balki qahvaxonalar, mehmonxonalar, hamda brend madaniyati va tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar ham joy oladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles