Dina Xo‘jayeva-Penson ko‘rgazmasi
“Dublsiz fotosuratlar”

Markaziy ko‘rgazmalar zalida Dina Xo‘jayeva-Pensonning ijodiga bag‘ishlangan “Dublsiz fotosuratlar” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Dina Maksovna foto san’ati bilan bolaligidan shug‘ullana boshlagan, otasi – mashhur fotograf Maks Pensondan ta’lim olgan. Rejissyor Malik Qayumovning yordamchisi, keyinchalik O‘zbekiston televideniyesida fotomuxbir bo‘lib ishlagan. Turmush o‘rtog‘i, hujjatli film oluvchi Fayzulla Xo‘jayev bilan birgalikda “Ogonyok” va “Smena” jurnallari uchun fotolavhalar tayyorlashda qatnashgan.
1966-yilgi zilziladan so‘ng otasining arxivini saqlab qolgan, uning asarlarini tiklagan va tartibga keltirgan. Uning shaxsiy fotosuratlarida O‘zbekistonning madaniy hayoti, taniqli shaxslarning siymolari, shuningdek, Yevropaga qilgan sayohati taassurotlari aks etgan.
Ko‘rgazmaning ochilishi 1-iyul kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tdi.