Delfin Arno Fransiyaning oliy mukofotiga sazovor bo‘ldi

Yelisey saroyida taqdirlash marosimi

Foto: instagram / oxu.az

Christian Dior bosh direktori Delfin Arno Emmanuel Makron tomonidan mukofotlandi. Marosim kecha kechqurun Yelisey saroyida o‘tkazildi. “Agar Iblis Prada kiysa, Xudo Dior kiyishi kerak”, deya ta’kidladi Fransiya prezidenti.

Faxriy legion ordeni kasb sohasidagi alohida xizmatlarni e’tirof etish uchun ta’sis etilgan. Ilgari bu mukofotga Demna Gvasaliya, Kim Jons, Ralf Loren va Jon Galliano sazovor bo‘lgan edi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles