Maison Margiela’dan “Artisanal”

Glenn Martens debyuti

Fotо: models.com

Parijda belgiyalik dizayner Glenn Martens Maison Margiela ijodiy direktori sifatida o‘z debyutini amalga oshirdi. Uning 2025-yil kuzgi birinchi kutyur kolleksiyasi “Artisanal” Martin Marjela merosiga ehtirom ko‘rsatib, niqoblar, qadimiy naqshlar va parchalangan siluetlarni o‘z ichiga oldi.

Namoyish Marjela 2009-yilda o‘zining so‘nggi ko‘rgazmasini o‘tkazgan Le Centquatre maydonida bo‘lib o‘tdi. Kolleksiyada qayta ishlangan materiallar: eski charm kurtkalar, astar matolari va taqinchoqlar qo‘llanilgan.

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles