OpenAI GPT-5’ni e’lon qildi

Sun’iy intellekt yanada aqlliroq, to‘g‘riso‘z va foydali bo‘ldi

08 Avg 2025
Foto: Instagram / Chatgpt

OpenAI ChatGPT’ning eng ilg‘or versiyasi - GPT-5’ni taqdim etdi. Model aniqroq, rostgo‘yroq va xavfsizroq bo‘ldi. U kamroq xato qiladi va javobni bilmasa, buni ochiqchasiga aytadi. GPT-5 dasturlash, matn yozish, ilmiy tahlil va sog‘liqni saqlash sohalarida yordam beradi. Masalan, tibbiy tahlillarni tushuntiradi, veb-saytlar va ilovalar yaratadi. Model barcha ChatGPT foydalanuvchilari uchun mavjud, shu jumladan so‘rovlar soni cheklangan bepul tarif ham. GPT-5 Pro obunachilari kengaytirilgan imkoniyatlarga ega bo‘ladilar: fizika masalalarini yechish, biznes-rejalar tuzish va ilg‘or vositalardan foydalanish shular jumlasidan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles